Ekspertiza va toza ishlab chiqarish markazi

2866

Ekspertiza va toza ishlab chiqarish markazi USTAVI (.pdf 230 kb)

  •  
    Maqsadi va vazifalari

    - Markaz korxona (tashkilot) va tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy va ekologik xolatini yaxshilash yo‘li orqali qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tuziladi.

    - Markaz quyidagi maqsadlarda tuziladi:

    - «Toza ishlab chiqarish» kontseptsiyasini qo‘llash bo‘yicha korxona va tashkilotlarda xodim va mutaxassislar uchun amaliy trening va maslaxat xizmatlarini o‘tkazish xamda Toza ishlash loyixalarini tayerlash va tadbik kilishga kumaklashish;

    - «Toza ishlab chiqarish» kontseptsiyasini qo‘llash bo‘yicha maxalliy ekspertlarni tayyorlash;

    - «Toza ishlab chiqarish» dasturini tayyorlash va amalga oshirish;

    - «Toza ishlab chiqarish» kontseptsiyasini qo‘llash bo‘yicha o‘qituvchilar va oliy o‘quv yurtlari talabalarini o‘qitish uchun kullanma tayerlash va tadbik kilish;

    - korxona jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, bozorni toza maxsulotlar bilan to‘ldirishga ko‘maklashish;

    - korxona va tashkilotlarni axborot bilan ta’minlash (texnikaviy takliflar);

    - maslaxat berish, trening yuli bilan zamonaviy, yangi boshkaruv tizimlarini joriy etish (xalqaro standartlar asosida, shu jumladan ISO 9000, ISO 14000 va boshka standartlar);

    - xalqaro standartlar, shu jumladan ISO 9000, ISO 14000 seriyalar standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirishdan oldin auditlarini o‘tkazish;

    - Sanoat, oziq-ovqat va xomashyo tovarlari ekpertizasini utkazish:

    1. Tovarlarning miqdori va sifatini tegishli standartlar, shartnomalar va boshqa me’yoriy xujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqliligi bo‘yicha ekpertizadan o‘tkazish;
    2. Shartnomaning texnikaviy shartlarini tuzish bo‘yicha maslahat berish;
    3. Yuk ortishdan oldingi nazorat;
    4. O‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida eksport qilinadigan mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha ekpertiza o‘tkazish;
    5. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish me’yorlarini aniqlash va tovar mahsulotga aylantirish uchun tovarlarni identifikatsiyalashtirish;
    6. Tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash;
    7. Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarish imkoniyatini aniqlash maqsadida salohiyatli etkazib beruvchilarni taftish etish;
    8. Tovarlar tavsiflarini hisobga olgan holda Tashqi iqtisodiy faoliyat Bojxona raqami (TN VED) bo‘yicha tovar kodini aniqlash;
    9. Test o‘tkazish uchun na’munalarni tanlash;
    10. Tovarlar, xizmatlar va aqliy faoliyat natijalari (barter shartnomalari)ni ayirboshlashga mo‘ljallangan qiymat bo‘yicha ekvivalentliligini aniqlash;
    11. Falokat davrida yoki/va fors-major majburiyatlariga binoan mulk va tovarlarga etkazilgan zararlar hajmini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish;
    12. Yo‘q qilishga mo‘ljallangan mashinalar, uskunalar va tovarlar holatini aniqlash;
    13. Haridorlarga qaytarilgan tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish;
    14. Sud organlar aniqlashlari bo‘yicha tovar va mulklarni ekspertizadan o‘tkazish;
    15. Ko‘rgazma va yarmarkada taqdim etiladigan tovarlar na’munalarining iste’mol holatini testdan o‘tkazish;
    16. Narxlar xakida axborot taqdim etish;
    17. O‘zbek tovarlari eksportidan olinadigan valyuta tushumlarining kechikishi yoki to‘liq olinmasliligining asosliligini aniqlash.
    18. Tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlashni ekspertizadan o‘tkazish va “A”, “ST-1”, umumiy shakllari bo‘yicha kelib chiqish sertifikatini olish uchun tekshiruv dalolatnomalarini rasmiylashtirish;
    19. ISO 9001:2000; ISO 14001:2004 standartlari talablariga muvofiq sifatni boshqarish va ekologik boshqaruv tizimlarini sertifikatlashtirish;
    20.  Quyidagi tovarlarni eksport nazorati va bojxona rasmiyatchiliklari uchun identifikatsiya ekpertizasini o‘tkazish:
    21. ximikatlar, materiallar, uskunalar va shu kabi jismlarning tarkibiy va butlovchi qismlari, majmuaviy ko‘rinishdagi uskuna va tizimlar;
    22. chizmaviy va grafik shakldagi axborotni o‘z ichiga oluvchi matn ko‘rinishidagi texnikaviy, texnologiyaviy xujjatlashtirish va texnikaviy xisobotlar.
    23.  Eksport nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik xujjatlarida ko‘rsatilgan ruxsatnoma, litsenziya va sertifikatlar olish va xujjatlar jamlanmasini tayyorlash;
    24.  Quyidagi shakllar bo‘yicha  xizmatlar va mahsulotlar muvofiqliligini tasdiqlash:
    25. muvofiqlilikni majburiy tasdiqlash (majburiy sertifikatlashtirish, muvofiqlilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish);
    26. muvofiqlilikni ixtiyoriy tasdiqlash (ixtiyoriy sertifikatlashtirish).
    27.  Takomillashtirilgan yoki/va sotilgan mahsulotlarni xalqaro standartlar va talablarga muvofiqliligini tekshirish.

     

    Baholash ishlari

    • Ko‘chmas mulk, mashinalar, uskuna va transport vositalari, nomoddiy aktivlar va aqliy mulk, shuningdek, korxona qiymatini baholashning barcha turlari.
    • Mahsulot tarkibining tabiiyligi va asliyligini o‘rnatish maqsadida zamonaviy va takrorlanmas identifikatsiya va nazorat uslublaridan foydalanish asosida mahsulotni laboratoriya tadqiqotidan o‘tkazish;

     

    - korxona va tashkilotlarda biznes-rejalarni tayyorlash, baholash, ekspertizadan o‘tkazish, tanlash va amalga oshirish;

    - biznes-rejalarni amalga oshirish maqsadida maxalliy va chet el investitsiyalarni, kreditlarni jalb etish;

    -  yangi texnologiyalarni joriy etish masalasini xal etish uchun chet el va maxalliy amaliyotni o‘rganish;

    - maxalliy va chet el seminarlarini, konferentsiyalarini va ko‘rgazmalarini tashkil etish va ishtirok etish;

    - loyixa xujjatlari va korxona va tashkilotlar faoliyatini mustaqil ekologik ekspertizasini o‘tkazish;

    - maxalliy va chet el investitsiyalarni jalb etishda, asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun kreditlarni jalb etishda ko‘maklashish;

    - qisqa va uzoq muddatli kurslar doirasida trening faoliyatini amalga oshirish;

    - Kioto protokolining Toza Ishlash Mexanizmiga oid loyixalar tayerlash, maslaxat berish va treninglar utkazish;

    - Respublika Savdo-sanoat palatasing Sifat boshkaruv tizimini tashkil etish, tadbik kilish va takomillashtirish.

    - Respublika Savdo-sanoat palatasing elektron xujjat boshkaruv tizimini takomillashtirish.

    - shu kabi tashkilotlarning xalqaro amaliyot faoliyatini xisobga olgan xolda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Markaz boshqa vazifalarni bajaradi;

    - Markaz boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan xalqaro va jamoat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi va xamkorlik qilishi mumkin.