«Palata Eksport» UK

3108

«Palata Eksport» unitar korxonasi USTAVI (.pdf 7,67 mb)

  •  
    Maqsadi va vazifalari

    Korxona faoliyatining maqsadi, Muassis manfaatlarini ko‘zlab foyda olishdan, hamda olingan foyda asosida Korxona mehnat jamoasining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda Korxonaning ishi va xizmatlariga, yuqori sifatli, mustaqil ekspertizaga bo‘lgan talablarni, O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida qondirishdan iborat.

    Korxona faoliyati predmeti:

    Korxona, o‘zining faoliyati maqsadlari va predmetidan kelib chiqib o‘z nomidan yoki boshqa shaxslar topshirigiga ko‘ra, ularning nomidan quyidagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin:

    • Tovarlarni soni va sifati aniqlash bo‘yicha ekspertiza xizmatlarini ko‘rsatish;
    • Tovarlar, shu jumladan xom ashyo, asbob uskunalarni Tashqi iqtisodiy faoliyat kodlari bo‘yicha tasniflash va bu yuzasidan ekspert xulosalarini berish;
    • eksport va import qilinayotgan tovarlar, shu jumladan xom ashyo, asbob uskunalarni kelib chiqishini tekshirish yuzasidan ekspertiza o‘tkazish, ularni kelib chiqishi haqidagi sertifikatlarni, tovarlar, shu jumladan xom ashyo, asbob uskunalarni kuzatuv va tashqi savdo bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
    • Evropa hamjamiyati mamlakatlariga eksport qilinadigan to‘qimachilik mahsulotlariga eksport litsenziyalarini berish;
    • Chet el vakolatli organlari tomonidan berilgan tovarni kelib chiqish sertifikatlarini horijiy hamkorlarni murojaatiga ko‘ra tasdiqlash xizmatlarini ko‘rsatish;
    • Mulklarni va nomulkiy xuquqlarni narhlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
    • Eksport va import qilinayotgan tovarlar, shu jumladan xom ashyo, asbob uskunalarni sifatini va miqdorini tekshirish yuzasidan tovar ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar va ishlarni amalga oshirish;
    • Eksport-import operatsiyalarini (kontrakt, shartnomalar) amalga oshirish jarayoni bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
    • Tovar va xizmatlarni reklama qilish xizmatlarini ko‘rsatish;
    • Hujjatlarni tarjima qilish va tarjimalarni tasdiqlash;
    • Eksport va import qilinayotgan yuklarni deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirish.
    • Tovarlar va mahsulotlarni shtrix-kodlash bo‘yicha ishlarni olib borish;
    • Konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
    • Lizing, forfeyting, marketing, faktoring, injiniring va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
    • Moliya mablag‘larini jalb qilish hamda berish maqsadida qarz operatsiyalarini amalga oshirish;
    • Muassis bilan kelishilgan xolda ko‘chmas mulk va boshqa asosiy vositalarni ko‘rish, ta’mirlash, ekspluatatsiya qilish, sotib olish va sotish, ijaraga berish hamda ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
    • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda tashki iktisodiy faoliyatni amalga oshirish;
    • Oziq-ovqat, xalq iste’mol va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;
    • chakana va ulgurji savdoni amalga oshirish hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarini tashkil qilish;
    • Malakali mutaxassislarni o‘kitish va qayta o‘qitish va professional uqishni tashkil qilish;
    • Seminar, simpoziumlar, kongresslar majlislarni tashkil qilish va ularda ishtirok etish;
    • Muassis bilan kelishilgan holda homiylik va hayriya faoliyatini olib borish; 
    • Xordiq chiqarish tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish;
    • Moliya operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshirish.


    Korxona, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan, ustav bilan ko‘zda tutilmagan boshqa har qanday faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.

    Ustavda ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlari va predmetlarini amalga oshirish uchun, mahsus ruhsatnoma talab qilingan xollarda, qonunda belgilangan tartibda, mazkur ruhsatnomani olganidan so‘ng, Korxona bu faoliyatni amalga oshiradi.