MEHNAT FAOLIYATI

11266

Savdo-sanoat palatasi raisi 
Ikramov Adham Ilhamovich - 1968 yil Toshkent  shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1990 yilda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasini, 1992 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1994 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti klinik ordinaturasini tamomlagan.
Ish faoliyatini 1998 yilda Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi laparoskopiya bo‘limi jarroh-shifokori lavozimida boshlagan. 
1998-2004 yilda  Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi komp'yuter tomografiya bo‘limi mudiri
2004-2007 yilda Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori o‘rinbosari
2007-2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari
2009-2012 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri
2012-2015 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Madaniyat, ta'lim, sog‘liqni  saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari
2015-2016 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari
2016-2017 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari - Sog‘liqni saqlash vaziri
2017-2017 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari
2017-2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 
2017 yildan hozirgi kunga qadar  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 
Ikramov Adham Ilhamovich 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, 2018 yilda «El-yurt xurmati» ordeni davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.