OAV vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi

1501

AKKREDITATSIYA TARTIBI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 243-son qaroriga asosan vazirlik tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Adliya vazirligi tizimida oʻz muxbirlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish istagida boʻlgan OAV mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga

ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar oʻzi bilan birga olib yurishi zarur boʻlgan texnik jihozlar, muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi toʻrtta fotosuratni ilova qilgan holda maʼlumot taqdim etishi soʻraladi.

Yuborilgan soʻrov tashkil etilgan Akkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI HUZURIDA AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOM