Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi oʼzining Matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish.

140

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi oʼzining Matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy talablarga mos PR strategiyasini ishlab chiqish maqsadida tanlov eʼlon qiladi. 

Koʼrsatiladigan xizmatlar boʼyicha tanlov ishtirokchilariga quyidagi talablar qoʼyiladi;

1.

4P marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish;

2.

Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati strukturasi ishlab chiqish (tarkib, funktsional majburiyatlar);

3.

Savdo-sanoat palatasi logotipi va veb-saytini yangilash boʼyicha tavsiyalar berish, marketing imidjini (brendbuk) ishlab chiqish;

4.

PR rejasini tayyorlash;

5.

Savdo-sanoat palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining kontent-rejasini yaratishga koʼmaklashish;

6.

Yangi marketing imidji taqdimoti uchun eʼlonlarni, pres-relizlar tayyorlash, OАV hamda blogerlarni tadbirda ishtirok etish uchun jalb qilish.

 

Takliflarni taqdim etish muddati - 2020 yilning 10 iyuniga qadar.

Tanlov gʼolibi etib umumlashgan holda eng maqbul shartlarni taklif etgan ishtirokchi tan olinadi.

Tanlov ishtirok etish boʼyicha murojaat uchun:
+99897 433 83 34
+99891 133 52 30

e-mail:m.rasulov@chamber.uzr.gabidulin@chamber.uz