“ILM, MA'RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYОTNI RIVOJLANTIRISН YILI” DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA

781

DAVLAT DASTURI BO‘YIChA UMUMIY MA'LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 2 mart kuni “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmon bilan “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ham tasdiqlangan bo‘lib, ushbu dastur 284 ta banddan iborat. Dasturni amalga oshirish uchun 18 171,4 mlrd. so‘m va 10 301,5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shundan:

davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari – 12 883,7 mlrd. so‘mni;
ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari – 1 426,5 ml. so‘mni;
tijorat banklarining kreditlari – 561,2 mld. so‘mni;
xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag‘lari va beg‘araz yordamlar – 3 300,0 lrd. so‘m va 10 301,5 mln. AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Davlat dasturining:

1-yo‘nalishi – Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida 38 ta;

2-yo‘nalishi – Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida 22 ta;

3-yo‘nalishi – Iqtisodiyotni rivojlantirish va investisiyalarni faol jalb qilish sohasida 96 ta;

4-yo‘nalishi – Ijtimoiy rivojlanish sohasida 84 ta;

5-yo‘nalishi – Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasida 44 ta chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
1-YO‘NALIShNING MUHIM ChORALARI

– Qonunchilik palatasi va Senat faoliyatida fuqarolarning Internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil' ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi;

– Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoring qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

– Mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi instituti joriy etiladi hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ko‘riladi;

– Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati bo‘yicha, shuningdek, Hukumat a'zolari va tarmoqlar rahbarlarining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari muntazam ravishda eshitib boriladi;

– Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

– “Mening fikrim” veb-portalining mobil' ilovasi ishga tushiriladi, unga kelib tushayotgan murojaatlar deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilik ishtirokida OAVlar orqali muhokama qilib boriladi;

– Parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish bo‘yicha “yo‘l xarita”si, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi hamda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilinadi.

2-YO‘NALIShNING USTUVOR JIHATLARI

– Sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirgan ishlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan tashqari) murojaati mavjud bo‘lgandagina suddan talab qilib olish tartibi belgilanadi;

– 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, deb tan olinadi;

– odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyasiya va kassasiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi;

– tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizasiya qilinadi;

– bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi;

– ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi;

– huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan MJtKda nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;